Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Jaloliddin Masharipov: "Kuchli jamoa ketma-ket ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lmaydi"

Jaloliddin Masharipov: "Kuchli jamoa ketma-ket ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Jahon chempionati saralash bosqich 6-turi doirasidagi KXDR—O‘zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida bosh murabbiy Srechko Katanes va tajribali futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

“Keyingi o‘yinga tayyormiz. Ha, mashg‘ulotlarda maydon masalasida kichik muammo bo‘lib turdi, ammo hozir bunga qaraydigan payt deb o‘ylamayman. Bu yerga faqat uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik. Hozir oldimizdagi vazifa – g‘alaba.

O‘ylaymanki, uchrashuvga tayyormiz. Kuchli jamoamiz va mana shunaqa o‘yinlarda kuchli jamoalar sinovdan o‘tadi. Kuchli jamoa ekanimizni bilamiz va bu masalada yigitlar bilan gaplashdik. Birinchi o‘yinni tezda esdan chiqargan holda bu o‘yinga tezroq e’tiborni qaratishimiz kerak. Nimaga deganda, ikkinchi o‘yinda ham o‘shani o‘ylab o‘tib ketishni xohlamaymiz.

Kuchli jamoa hech qachon ketma-ket ikkita o‘yinni yutqazmaydi. Biz kuchli milliy jamoamiz va Xudo xohlasa ertaga buni ko‘rsatib, muxlislarni, hammani 3 ochko bilan xursand qilishga harakat qilamiz”, deydi Jaloliddin Masharipov o‘yin oldi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya – O‘zbekiston uchrashuvi 19 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Laos poytaxti Ventyan shahri “Lao” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv 17:00 da boshlanadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:11, 18.11.2024.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.