Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Jilberto Silva: "Arsenal"da sport direktori bo‘lib ishlash ajoyib bo‘ladi"

Jilberto Silva: "Arsenal"da sport direktori bo‘lib ishlash ajoyib bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Jilberto Silva "kanonirlar"ning sport direktori sifatida Edu o‘rnini bosa oladimi, degan savolga javob berdi.

Noyabr oyi boshida "Arsenal" "kanonirlar" va Braziliya terma jamoasida Silva bilan birga o‘ynagan Edu iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.

Silva Gresiyaning "Panatinaikos" klubi texnik direktori sifatida tajribaga ega, ammo Jilberto "Arsenal" unga ish taklif qilishiga qattiq shubha qilmoqda.

"Biz Edu bilan bir nechta xabar almashdik, lekin men undan nima uchun bunday qarorga kelganini so‘ramadim.

Edu juda zo‘r yigit. Menimcha, unga klubni tark etish qiyin bo‘ldi, lekin men unga yaxshilik tilayman. U klub uchun ajoyib ish qildi. O‘ylaymanki, klub uni sog‘inadi. U Mikel bilan ajoyib munosabatda edi.

To‘g‘risini aytsam, bu men uchun katta ajablanib bo‘ldi, lekin ba’zida bunday narsalar sodir bo‘ladi. Umid qilamanki, u qanday qarorga kelsa ham, yangi chaqiruvida baxtli bo‘ladi.

Men hali ham klub bilan uning vakili sifatida munosabatdaman. Eduni o‘rnini egallaymanmi? Kelgusi yillarda bunday niyatim yo‘q edi, lekin "Panatinaikos"da direktor bo‘lib ishlashimga to‘g‘ri keldi. So‘nggi yillarda men futbolda boshqacha yo‘l tutyapman.

Bilmayman. Men bunga bir necha yil oldin tayyorgarlik ko‘rganman va menga Braziliyaning turli klublari murojaat qilishdi, lekin men bu lavozimni egallamaslikka qaror qildim. Biroq, "Arsenal" bilan bog‘lanish har doim ajoyib, hatto vakil sifatida ham", - dedi Silva Daily Mirror bilan suhbatda.

Kiritildi: 17:23, 18.11.2024.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик