Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya

10 kishi qolgan holda g‘alabaga erishgan O‘zbekiston termasi o‘yinchilari qanday baholandi?

10 kishi qolgan holda g‘alabaga erishgan O‘zbekiston termasi o‘yinchilari qanday baholandi?

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 2026 yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 6-tur doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi safarda Shimoliy Koreya jamoasiga qarshi maydonga tushib qiyin uchrashuvda 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni faol boshlagan o‘zbekistonliklar birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Abbosbek Fayzullayevning chiroyli zarbasi evaziga oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi bo‘limda to‘liq himoyaga e’tibor qaratgan mehmonlar yakunda 10 kishi bo‘lib g‘alabani ushlab qolishga erishdi. 80-daqiqada Umar Eshmurodov to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. VAR’ni ko‘rgan hakam penalti belgilash bilan birga himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatdi. O‘tkir Yusupovning qahramonligi evaziga Laosdagi uchrashuvda milliy jamoa darvozasi dahslizligi saqlanib qoldi.

Sofascore ushbu bahsda harakatlangan o‘yinchilar uchun baholarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan Abbosbek Fayzullayev 7,8 ballga loyiq ko‘rilgan.

Penaltini qaytarib qahramonga aylangan O‘tkir Yusupovning o‘yini 7,7 ballga baholandi. Himoyachi Abduqodir Husanov va Odiljon Hamrobekovlarning o‘yini 7,4 ballga loyiq ko‘rildi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida penaltiga sababchi bo‘lgan Umar Eshmurodov eng past 6,5 ball bilan baholandi. Zaxiradan maydonga tushgan Hojimat Erkinov va Azizbek Turg‘unboyev 6,6 ballga loyiq ko‘rilgan.



Shimoliy Koreya tarkibida himoyachi Kim Yu Song eng yuqori 7,5 ball bilan jamoadoshlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. Chap qanot yarim himoyachisi Il Song Ri 6,1 ball bilan nafaqat koreyaliklar safida, balki o‘yinda eng yomon o‘yin ko‘rsatgan o‘yinchi sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi va A guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Terma jamoa 7-tur uchrashuvini kelasi yilning mart oyida o‘tkazadi. 20 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda qo‘shni Qirg‘iziston raqiblik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:28, 19.11.2024.
O'qildi: 5498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.