Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Abdug‘afur Haydarov: "Surxon" barcha jamoalarga qiyin raqib hisoblanadi"

Abdug‘afur Haydarov: "Surxon" barcha jamoalarga qiyin raqib hisoblanadi"

Baho:
+ | -

Mavsumga ortiqcha shov-shuvlarsiz kirib kelgan «Surxon» jamoasi so‘nggi ikki turda medallar uchun kurashayotgan «So‘g‘diyona» (4:2) hamda «Neftchi» (0:0)dan ochko tortib olishga erishdi.

Shuningdek, Superliga jamoalari orasida nisbatan yosh tarkibga ega «uchar tulporlar»ning o‘yini ham ko‘pchilikda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Bunda jamoa hujumchisi Abdug‘afur Haydarovni ham hissasi beqiyos. Futbolchi mavsum davomida 10 o‘yinda maydonga tushib 6ta gol muallifiga aylandi. Yosh forvard «So‘g‘diyona»ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etganini qo‘shimcha qilish joiz. Quyida Haydarov bilan uyushtirgan suhbatimizni o‘qishingiz mumkin.

- So‘nggi turdagi «Neftchi»ga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, o‘tgan haftada «Surxon» «So‘g‘diyona» bilan o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish etdi. Siz esa uchta gol urdingiz...

- To‘g‘ri, o‘sha uchrashuv gollarga boy o‘tdi. Lekin, o‘yin aslida biz uchun qiyin kechdi. Birinchi bo‘limda ikkita to‘p o‘tkazib yubordik va buni qabul qilish biroz og‘ir edi. Shunga qaramasdan, jamoamiz ikkinchi bo‘limda agressivroq o‘ynadi. Biz o‘z kuchimizga ishongandik va ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirish uchun barcha kerakli ishni qildik. Xet-trik bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, bu nafaqat mening yutug‘im, balkim barcha jamoadoshlarimnikidir. Negaki, agar ular menga aniq uzatmalar bermaganida, kim biladi, xet-trik bo‘larmidi...

- O‘zingiz haqingizda kenroq ma’lumot bersangiz? «Surxon»gacha bosib o‘tgan yo‘lingizni aytib bera olasizmi?

- Qashqadaryoning Kitob tumanida tug‘ilganman. Futbolning dastlabki sir asrorlarini bolaligimda Surxondaryo futbol maktabida o‘rgandim. Bunda birinchi murabbiyim Akmal aka Hasanov katta yordam bergandilar. Hozir ham, ustozim bilan aloqadamiz. Akmal aka doimo kerakli tavsiyalarni beradilar. Bilasiz, yaxshi futbolchi bo‘lish uchun murabbiy mehnati katta rol o‘ynaydi.

- «So‘g‘diyona» bilan o‘yindagi gol nishonlash mesenji - grand klublarga qaratilganmidi yoki terma jamoalar murabbiylarigami?

- Yo‘q, o‘sha vaziyatdagi golni nishonlash usulim na grand jamoalariga va na murabbiylarga qaratilgan. Shunchaki... Hammasini yaqinlarim bilishadi... Bunga futbolning aloqasi yo‘q.

- Katta futbolga qadam qo‘yib kelayotgan futbolchi sifatida nimalarni orzu qilasiz? Galdagi rejalar qanday?

- To‘g‘risini aytsam, hozir butun e’tiborim futbolda. Agar, o‘z ustimda ko‘proq ishlasam, milliy jamoa va «Surxon»da ko‘p gol ursam, futbolchilik faoliyatim yaxshi o‘tadi. Shu orqali, hayotimdagi qolgan barcha narsaga erishish uchun imkon topiladi. Takrorlayman, ayni damda butun e’tiborim «Surxon»ga qaratilgan.

- «Surxon» yoki boshqa klublarda to‘p surayotgan tengdoshlaringiz orasida kelajagi porloq, ammo kam e’tibor qaratilayotgan futbolchilarni sanab bera olasizmi?

- Albatta, O‘zbekistonda yosh iqtidorlar juda ko‘p. «Surxon» U-21 jamoasida o‘ynayotgan do‘stim Diyorbek Rashidov juda kuchli ijrochi. Shuningdek, men bilan birga O‘zbekiston U-20 jamoasida o‘ynayotgan Nurlan Ibragimov hamda Muhammadali O‘rinboyevlarni ham e’tirof etishim mumkin.

- Faoliyatingizdagi muvafaqqiyatli o‘yinlar, katta yutuqlar hali oldinda ekanligiga barchamiz umid qilamiz. Ammo, hozirgi holatda ham kimgadir nimanidir isbotlashga ulgurdim va bu bilan faxrlanaman deya olasizmi?

- Yo‘q. Futbolchilik faoliyatim endigina boshlandi. Hali hammasi oldinda deb o‘ylayman. Yuqori maqsadlarga erishish uchun, mehnat qilish kerak.

- Biz Yaxshiboyevning «Real» darvozasiga urgan golini, Masharipovni Ronaldu bilan birga o‘ynaganini, aytib quvonamiz. Xo‘sh, siz kimni darvozasini ishg‘ol qilib bizni xushnud qilmoqchisiz?

- Qiziqarli savol berdingiz. Birdaniga javob bera olmayman. Bunga sabab oddiy - «Surxon» safida har bir urilgan gol men uchun qadrli. Ochig‘i, qaysi raqib darvozasini ishg‘ol qilishni farqi yo‘q. Muhimi, jamoam g‘alaba qozonishi kerak.

- «Neftchi»ga qarshi o‘yindagi durangdan so‘ng jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Aslida, jamoada kuchli uchlikka kirish maqsadi bormidi? Yoki bu amaliy jihatdan qiyin masala edimi?

- Har bir o‘yinda maqsadimiz bitta - g‘alaba qozonish. E’tibor bergan bo‘lsangiz, kuchli jamoalar bilan ham faqat g‘alaba uchun kurashmoqdamiz. «Surxon» bugungi kunda barcha jamoalarga qiyin raqib hisoblanadi.

- Vohaning eng nomdor klubi «Nasaf»ning chempionligi borasida qanday fikrdasiz?

- Shubhasiz, «Nasaf» ushbu mavsumda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. «Ajdarlar»ni ilk chempionligi bilan tabriklayman! Shuningdek, OFK Elit Chempionlar Ligasida ham omad tilayman. Umid qilaman, «Surxon» ham tez orada xuddi shu kabi xalqaro turnirlarda o‘zini sinab ko‘radi va muxlislarimizni xursand qiladi.

XURSHIDBEK suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:59, 19.11.2024.
O'qildi: 1029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.