Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Ferdinand: "Hozir mening transfer narxim 170 million funt bo‘lardi"

Ferdinand: "Hozir mening transfer narxim 170 million funt bo‘lardi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" afsonasi Rio Ferdinandning fikricha, u bugungi kundagi narxi 170 million funt sterlingga teng bo‘lardi.

2002 yilda "Manchester Yunayted" Rioni "Lids"dan 30 million funt sterlingga sotib olib, Ferdinandni eng qimmat britaniyalik futbolchiga aylantirdi.

O‘shandan beri Ferdinand yetti marta Premyer-liga, ikki marta Liga kubogi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonib, Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri sifatida nom qozondi.

Ferdinandning fikricha, agar u bugun faoliyatining cho‘qqisiga chiqqanida uning narxi va maoshi ancha yuqori bo‘lardi.

"Hozir bozordagi narxlarni qarang, bugun 30 million funt...

Bir vaqtlar men 30 million funt sterlingga teng edim. Hozir 100 million funt sterling men uchun arzon narx bo‘lardi. Men jiddiy gapiryapman. Bugungi bozor haqiqatini hisobga olsak... 170 million funt, haftasiga 400 ming funt. Men hozirgi bozorda shunday bo‘lardim", - dedi Ferdinand.

Kiritildi: 14:28, 22.11.2024.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик