Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Vadim Abramov: «Bizda bir oydan beri motivasiya yo‘q»

Vadim Abramov: «Bizda bir oydan beri motivasiya yo‘q»

Baho:
+ | -

Superligada 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Dinamo» jamoasi bu tur safarda «Andijon» bilan kuch sinashdi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Biz birinchi bo‘limda, juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Agar, hisob ochilmagan paytda yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, hammasi boshqacha bo‘lar edi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni burib yubormoqchi bo‘ldik, ammo chetlatish sodir bo‘ldi. 10 kishi qolganiga qaramay, yigitlar harakat qilishdi. Yakunda, tushunarsiz qarshi-hujumda gol o‘tkazib yubordik. Vaholanki, o‘yinga rejamiz boshqacha edi.

So‘nggi turdagi «So‘g‘diyona» bilan bahs oldidan kartochkalar sababli yo‘qotishlarimiz ko‘payib ketdi. «Andijon»ni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Markaziy himoyachilar haqida fikringiz qanday?
— Biz ularni almashtirdik. Birinchi bo‘limda uning tushunarsiz xatolarini izohlab bo‘lmaydi.

—«Dinamo» ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olishi sababi nima?
— Bizda, birdaniga yo‘qotishlar ko‘payib ketdi. Biz markaziy zonadagi jarohat olgan braziliyaliklarni almashtira olmadik. Zaxira o‘rindig‘i torlik qilmoqda.

—Bu mavsum avvalgilaridan farq qiladimi?
—Ikki xil taassurot qoldirmoqda. Bizda bir oydan beri motivasiya yo‘q. Bizda medallar uchun kurashish imkoni bo‘lganida, boshqacha bo‘lar edi. Juda yomon boshladik, biroq keyin stabillik yetishmadi. Elitaga chiqqan jamoalarga birinchi navbatda ligada qolish vazifasi qo‘yiladi. Buni uddaladik.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:33, 24.11.2024.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.