Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Aleksandr Xomyakov: «Men «Andijon» murabbiyi bo‘lishimga qaramay, rahbariyat hozir boshqa murabbiylar bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda»

Aleksandr Xomyakov: «Men «Andijon» murabbiyi bo‘lishimga qaramay, rahbariyat hozir boshqa murabbiylar bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda»

Baho:
+ | -

Superligada 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Andijon» jamoasi bu tur o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Juda ham asabiy o‘yin. Bizga ochko kerakligini juda yaxshi bilar edik. Ishqibozlarimiz oldida qarzdor edik. Ularni uzoq vaqt davomida xursand qila olmadik. G‘alabadan xursandman. Uchrashuvni juda asabiy boshladik, ammo yaxshiyamki raqibga ko‘p imkon bermadik. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. O‘z uyingdagi birinchi va so‘nggi bahs juda muhim. Biz birinchi davrada bizdan ko‘p narsa kutishga o‘rgatib qo‘ydik. Bugun g‘alaba qozonishni uddaladik.

— Negadir kayfiyatingiz yaxshi emas?
— Albatta, xursandman. Biroz charchaganman chog‘i. Emosiya ham, kuch ham qolmagan. Ich-ichimdan xursandman.

— «Navbahor» bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapsizlarmi?
— Albatta. Bu derbi. Unda boshqacha o‘ynaladi. O‘tgan safar ularni biroz xafa qilgan edik. Raqiblarda medallar uchun kurashish imkoni bor.

— «Andijon»ni tark etadigan futbolchilar haqida ma’lumot bormi?
— Menda bu haqida ma’lumot yo‘q. Hozir hammasi mish-mish. Rahbariyat bilan suhbatlashib, so‘nggi qarorni qabul qilamiz.

— Kelasi mavsum jamoada qolasizmi?
— Men jamoa murabbiyi bo‘lishimga qaramay, rahbariyat hozir boshqa murabbiylar bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda. Demak ular mening ishimdan qoniqmagan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:36, 24.11.2024.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.