Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Fevzi Davletov: «Mavsumni stabil o‘tkazdik»

Fevzi Davletov: «Mavsumni stabil o‘tkazdik»

Baho:
+ | -

Superligada 25-tur yakunlandi. «Surxon» jamoasi bu tur safarda «Metallurg»ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugungi bahs og‘ir bo‘lishi haqida yigitlarni ogohlantirgan edik. Ularni tayyorlagan edik, ammo bizni eshitishmagan ko‘rinadi. Biz ikkinchi bo‘limda ham bahsni boshqardik, ammo gol kiritishni uddalay olmadik.

— 35-daqiqada Aslibek Jumayevning almashtirilishi sababi nima?

— Kichik jarohat bilan o‘yinga chiqqan edi. U raqib bilan to‘qnashuv jarayonida jarohatini jiddiylashtirib oldi. Qo‘shimchasiga, sariq kartochka ham oldi. Bu majburiy o‘zgarish bo‘ldi.

— «Metallurg» uchun bu hayot-mamot uchrashuvimidi?

— Albatta, biz g‘alaba qozonsak, boshqa jamoalarning o‘yiniga bog‘liq holatda ko‘tarilishimiz mumkin edi. Ular esa, jon saqlab qolish uchun oxirgi janglaridan birini o‘tkazdi. Albatta, bu omil maydonda sezildi.

— Mavsum boshida qo‘yilgan reja qay darajada bajarildi?

— O‘ylashimcha, stabil o‘tkazishni uddaladik. O‘tgan mavsumda jadvlani 6-o‘rin bilan yakunlagan edik. Hozircha, 7-o‘rinmiz. Ha, mavsum davomida bir nechta omadsiz o‘yinlarimiz bo‘ldi, biroq bu bizning xatomiz. Biz ulardan xulosa chiqargan xolda, kelasi mavsum ularni bartaraf etish uchun ishlaymiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:12, 25.11.2024.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.