Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Jirona" YECHLda ispan klublari orasida antirekord qayd etdi

"Jirona" YECHLda ispan klublari orasida antirekord qayd etdi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda "Shturm" va "Jirona" klublari to‘qnash keldi. O‘yin Avstriyadagi "Verterzee-SHtadion"da bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda "Shturm" 1:0 hisobida minimal g‘alabaga erishdi. "Jirona" uchun bu mag‘lubiyat Ispaniya klublari uchun Chempionlar ligasidagi tarixiy antirekordga aylandi. Kataloniya jamoasi Ispaniyadan birinchi bo‘lib turnirning dastlabki beshta o‘yinining to‘rttasida mag‘lub bo‘ldi.

Bungacha "Jirona" PSV (0:4), "Feyenoord" (2:3) va "PSJ" (0:1) bilan o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgandi. Yagona g‘alaba “Slovan”ga qarshi o‘yinda qayd etilgan bo‘lib, unda ispanlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. "Jirona" hozirda Chempionlar ligasi turnir jadvalida 30-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 14:04, 28.11.2024.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик