Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Umarali Rahmonaliyev «Murabbiydan ishonch olayapmiz, shuning uchun ochkolarni barqaror yig‘ayapmiz»

Umarali Rahmonaliyev «Murabbiydan ishonch olayapmiz, shuning uchun ochkolarni barqaror yig‘ayapmiz»

Baho:
+ | -

Qozonning «Rubin» klubi joriy mavsumda Rossiya chempionatida jadvalning yuqori yarmida, 16-turdan so‘ng 7-o‘rinda joylashgan. Rashid Rahimov shogirdlari o‘tish o‘yinlari zonasidan to‘qqiz ochkolik ustunlik bilan uzoqlashgan. Ammo bu haftada Tatariston jamoasi Rossiya Kubogining «RPL yo‘li» bosqichidan chiqib ketdi. Birinchi o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, javob bahsida Moskvadagi SSKAga 0:3 hisobida yutqazib, «Hududlar yo‘li»ga yo‘l oldi.

«Izvestiya» nashriga bergan intervyusida «Rubin»ning o‘zbeklik yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev jamoa natijalariga baho berdi, bosh murabbiy Rashid Rahimovning iste’fosi haqidagi oktyabr oyidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi hamda SSKAda to‘p surayotgan hamyurti Abbosbek Fayzullayevning o‘yinlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

— Bu mavsum «Rubin» himoyada yaxshi o‘ynayapti, kam gol o‘tkazayapti. Nima uchun SSKAga qarshi o‘yinda ham shunday barqaror o‘yin ko‘rsata olmadi?
— Buning uchun "qo‘limizdan kelmadi" deb ayta olmayman. Birinchi bo‘limda ha, muvaffaqiyatsiz o‘ynadik, lekin bu ikki-uchta xatomiz tufayli sodir bo‘ldi. SSKA esa ulardan foydalanib, imkoniyatlarini amalga oshirdi. Ammo bu alohida xatolar edi — umumiy olganda, himoyada yomon o‘ynadik deb bo‘lmaydi. Boshqa vaqtlarda to‘g‘ri harakat qildik. Lekin shu xatolar ortidan o‘tkazib yuborilgan gollar biz uchun qiyin vaziyatni yuzaga keltirdi.  

— Birinchi o‘yindagi (0:0) vaziyatdan foydalana olmaganingiz tufayli, keyingi uchrashuvda Moskvaga ustunlik bilan borish imkoniyati boy berilganday tuyuladimi?
— O‘sha o‘yinni eslashni istamayman. Javob o‘yinida ham qo‘limizdan kelgancha harakat qildik. Lekin omadimiz kelmadi: o‘z xatolarimiz ortidan SSKA birinchi bo‘limda uchta gol urdi. Keyin «Rubin» uchun qaytib o‘yinga kirish qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, lekin hujumda yetarlicha tajovuzkor bo‘la olmadik, shu sababli gol ura olmadik.  

— SSKAga qarshi navbatdagi o‘yinda o‘yiningiz boshqacha bo‘ladimi?
— Himoyadan hujumga o‘tish jarayonini yaxshilashimiz kerak. Biz shubhasiz rivojlanamiz va hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.  

— SSKAda hamyurtingiz Abbosbek Fayzullayev asosiy yulduzlardan biriga aylandi. Uning RPLda shunchaki qisqa vaqt ichida yetakchiga aylangani sizni ajablantirdimi?
— Yo‘q, men ajablanmadim. U bilan bolaligimizdan tanishmiz. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi turnirlarda unga qarshi ko‘p o‘ynaganman. Keyin milliy jamoada birga o‘ynadik. U ajoyib yigit va yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega futbolchi. Buni SSKAda ham ko‘rsatib beryapti. Shu sababli uning muvaffaqiyatlariga ajablanmadim.  

— Ko‘pchilik uning RPLda uzoq qolmasligini, tez orada Yevropa chempionatlaridan birida o‘ynashini taxmin qilmoqda. Qaysi liga unga mos deb o‘ylaysiz?
— Alloh xohlasa, u u yerda ham o‘ynaydi. Lekin qayerda ekanligini oldindan ayta olmaymiz. Shuning uchun hozircha taxminlar bilan shug‘ullanmaymiz!  

— RPLda yetakchi guruhga yaqinlashish imkoniyatingiz bormi?
— Qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Mavsumni imkon qadar yaxshiroq o‘tkazishga va yuqori o‘rinlarga chiqishga intilamiz.  

— Oktyabr oyidagi Rashid Rahimovning iste’fosi haqidagi mish-mishlar jamoaga qandaydir ta’sir ko‘rsatdimi?
— Umuman ta’sir qilmadi. Bu haqda gapirishni ham istamayman. Bu bizning ish emas. Eng muhimi, jamoada hamma narsa joyida. Hamma o‘z ishini qilayapti.  

— Bu mish-mishlar fonida «Rubin» nima sababdan barqaror g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgandi?
— Chunki futbolchilarning ishonchi murabbiyga bog‘liq. Biz Rahimovdan ana shu ishonchni olib, ochkolarni barqaror yig‘ayapmiz.

Manba: iz.ru
Kiritildi: 12:16, 30.11.2024.
O'qildi: 1132 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.