Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Ilyos Zeytullayev: «Bunday jamoa bilan ishlaganimdan faxrlanaman»

Ilyos Zeytullayev: «Bunday jamoa bilan ishlaganimdan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» – «Paxtakor» (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishni uddasidan chiqa olganimiz uchun birinchi o‘rinda Yaratganga hamd aytaman. Ikkinchidan maydon ortida faoliyat olib borgan, ko‘zga ko‘rinmagan barcha shaxslarga, xususan, massajchi, oshpaz, haydovchi, maydon parvarishlovchilarga minnatdorchiligimni bildirib o‘tishni lozim, deb bilaman. Biz g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz. Albatta, o‘z o‘rnida Italiyadan kelgan va meni yonimda turgan oilam uchun xursandman. Murabbiylar shtabimni esa olqishlayman! Bizni yolg‘iz qoldirmagan rahbariyat, borini bergan futbolchilarimga ham tashakkurimni izhor qilaman. Ikkinchi davrada ular mo‘’jiza ko‘rsata olishdi. Futbolchilar o‘z ishini yuz foizga bajardi.

Futbolchilardan ko‘nglim to‘ldi. Bugungi raqib «Paxtakor» edi. Raqib tarkibida yoshlar ko‘p edi, lekin jamoa sifatida yaxshi shakllangandi. Himoyada agressiv o‘ynadik. Ular xato qilishini kutmadik va o‘zimiz xato qilishga majbur qildik. «Olimpik» bilan ham shunday o‘ynagandik. «Paxtakor» futbol o‘ynaydi va raqibga ham o‘ynashga imkon beradi. Bu yaxshi albatta. Umuman olganda jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajardi, deya olaman. Bunday jamoa bilan ishlaganimdan faxrlanaman!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:07, 30.11.2024.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик