Esekiel Lavessining Parij chekkasidagi kvartirasi talon-taroj qilindi.
Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi "PSJ", "Napoli" va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisining Parijning g‘arbiy chekkasidagi Neyi-syur-Sen shahridagi kvartirasiga o‘g‘rilar tushgan.
Jinoyatchilar hashamatli buyumlarni o‘g‘irlashdi, polisiya tergov boshladi. Yetkazilgan zararning aniq qiymati aniqlanmoqda.













