Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

"Bavariya" Musialaga klub tarixida bo‘lmagan shartnoma taklif qildi

"Bavariya" Musialaga klub tarixida bo‘lmagan shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala tez orada yangi shartnoma imzolashi mumkin. Ma’lumki, myunxenliklar rahbarlari 21 yoshli yulduz bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish niyatida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Musiala bilan shartnoma imzolagan taqdirda klub tarixidagi eng qimmat shartnoma bo‘ladi.

Hujumkor yarim himoyachining maoshi avvalroq Robert Levandovski va Xarri Keyn bilan bo‘lgani kabi yiliga 20 million yevrodan oshadi, ammo aynan Musiala bilan tuzilgan shartnoma myunxenliklar tarixidagi eng yirik kelishuv bo‘ladi. Besh yil ichida nemis 100 million yevrodan ko‘proq maosh oladi.

Shuningdek, Jamol Musiala "Bavariya"da uzoq vaqt qolishga tayyorligi ma’lum. Tomonlar faqat hamkorlikning moliyaviy tafsilotlarini hal qilishlari kerak.

Kiritildi: 09:38, 04.12.2024.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.