Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Manamada og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi

Manamada og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi

Baho:
+ | -

Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Musobaqadan avval Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston nomidan Sport vazirining o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etdi.

Kongress davomida tashkilotning yangi Olimpiya sikli uchun o‘z oldiga qo‘ygan rejalari ko‘rib chiqildi. Ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortgani Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun e’lon qilingan vazn toifalari bo‘ldi. Unga ko‘ra, AQSHda o‘tadigan Olimpiadada erkaklar va ayollar o‘rtasida 8 tadan, jami 16 ta vazn toifasi amal qilishi e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletikachilar 5 tadan, jami 10 vazn toifasida medallar uchun kurash olib borgan edilar.

Bo‘lajak dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi qatnashadi. Hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini 10 dekabr kunidan boshlashadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:59, 06.12.2024.
O'qildi: 434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик