Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ronaldu islom dinini qabul qilishi mumkin

Ronaldu islom dinini qabul qilishi mumkin

Baho:
+3 | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” futbol klubi sobiq darvozaboni Valid Abdulla portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning islom dinini qabul qilish niyati borligi va Saudiya madaniyatiga chuqur moslashib borayotgani haqidagi ma’lumotlar bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Arab telekanalidagi dasturlardan birida mehmon sifatida qatnashgan Abdulla, Ronalduning islom dinini qabul qilish istagi borligi haqidagi uzoq yillik mish-mishlarni tasdiqlab, yulduz futbolchining mahalliy urf-odat va an’analarga qiziqishi yuqoriligini ta’kidladi.

“Ronaldu haqiqatan ham islom dinini qabul qilishni xohlaydi. Men u bilan bu haqda suhbatlashdim, u o‘z qiziqishini bildirdi. U allaqachon gol urganidan keyin maydonda sajda qiladi, shuningdek, doimo futbolchilarga namoz o‘qish va islomiy diniy amallarni bajarishni targ‘ib qiladi”, deydi darvozabon.

Sobiq darvozabonning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu musulmon jamoadoshlari bilan yaqin bo‘lish uchun islomiy an’analarga jiddiy qiziqish bildirgan va hatto mashg‘ulotlar orasida jamoadoshlariga namoz o‘qishga vaqt ajratishlarini ta’minlashga harakat qilmoqda.

“Ronaldu mashg‘ulot paytida azon yangraganda, murabbiydan mashg‘ulotni to‘xtatishni so‘raydi va azon tugaguncha kutadi”, dedi Abdulla, futbolchining mahalliy diniy urf-odatlarga bo‘lgan e’tiborini alohida ta’kidlab.

Abdullaning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu Saudiya Arabistoniga ilk bora kelganida mamlakat madaniyati haqida ko‘proq bilishga katta qiziqish bildirgan.

Boshida men Krishtianuga yaqin edim, chunki u mamlakat madaniyati, klub va boshqa jihatlar bilan tanish emas edi. U juda qiziquvchan bo‘lgani bois ba’zi narsalar haqida mendan tez-tez so‘rardi.

Sobiq darvozabonning aytishicha, ilgari “Real Madrid”dagi jamoadoshlari Mesut O‘zil va Karim Benzema ham Ronalduga islom dinini qabul qilish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan.

Abdullaning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu gol urganidan keyin sajda qilgani va barcha futbolchilarning bir ovozdan “Allohu Akbar” deb baqirgani juda ta’sirli bo‘lgan.

Ronaldu islomni qabul qilishi haqidagi taxminlarga qaramay, Abdulla futbolchining fidoyiligi va professionalligini alohida ta’kidladi. “U nihoyatda intizomli va o‘zini ishga bag‘ishlaydigan futbolchi. Aynan shu fazilatlar uni bugungi darajaga olib chiqdi”, dedi darvozabon.  

Shuningdek, Abdulla Ronaldu va uning o‘g‘lini kamtarligi uchun maqtadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi hamda uning o‘g‘li oddiy va samimiy munosabatlari bilan Saudiya jamoatchiligi mehrini qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:00, 06.12.2024.
O'qildi: 4451 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.