Jonatan Devid "Lill" safida barcha musobaqalardagi 100-golini urdi. Buning uchun forvardga 206 ta uchrashuv kerak bo‘lgan.
Juma kuni 24 yoshli kanadalik futbolchi Liga 1 doirasida "Brest"ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl va golli uzatmani amalga oshirdi, uning birinchi goli yubiley 100-golga aylandi.
Shu tariqa, Devid hozirda «Lill» safida 101 ta golga ega. Hujumchi 11 ta gol bilan Liga 1 mavsumining to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.