Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zPFL: Mehnat shartnomalarida maoshning minimal summasi o‘zgaradi

O‘zPFL: Mehnat shartnomalarida maoshning minimal summasi o‘zgaradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Liga ro‘yxatidan o‘tadigan mehnat shartnomalarida minimal oylik-maosh belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra klub o‘z futbolchisiga O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan summada maosh belgilashi lozim.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, professional futbol klublarida oylik-maoshlarning yuqori miqdori oshishda davom etmoqda, biroq yosh iqtidorlarni rag‘batlantirish masalasida qator muammolar mavjud. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ko‘rinishida maosh olayotgan futbolchida o‘zining oylik chiqimlarini qoplash bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi hamkorlikda O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga mazkur masalada qo‘shma taklif kiritdi. Har uch tashkilot hamkorlikda yakdil qaror qabul qilguniga qadar, Liga mehnatga haq to‘lashning besh barobar miqdoridan kam bo‘lgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi.

Parallel ravishda "Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament"ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ustida ish olib borilmoqda. Tez orada bu masalada ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunda professional futbolchi maqomi qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mashg‘ulot kompensasiyasi va shu bilan bog‘liq masalalar yanada aniqroq ko‘rinishda tartibga solinadi hamda kelishish uchun FIFAga taqdim etiladi. Avvalroq Liga futbolchi passportini elektronlashtirishga o‘tayotgani ma’lum qilingandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:13, 10.12.2024.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик