Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Valijon Rahimov: "Andijon"dagi atmosfera va muxlislar to‘la stadionda o‘ynashni ko‘proq xohladim"

Valijon Rahimov: "Andijon"dagi atmosfera va muxlislar to‘la stadionda o‘ynashni ko‘proq xohladim"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, kecha “Andijon” iqtidorli darvozabon Valijon Rahimov transferini e’lon qildi.

U rasman “Burgutlar” a’zosiga aylangach, klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Valijon, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Avvalo, bu taklif sizga nimasi bilan yoqdi va uni qabul qilishingizning asosiy sababi nimada?

- Oxirgi yillarda “Andijon” jamoasida o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lyapti va yanada o‘zgarishlar davom etyapti. Rahbariyat bilan gaplashdik, murabbiylar fikrini so‘radim. Bu ham juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Men uchun boshqa klublardan ham takliflar bor edi. Legioner bo‘lish imkoniyatim ham bor edi. Ammo “Andijon”dagi atmosfera va muxlislar to‘la stadionda o‘ynashni ko‘proq xohladim. Chempionlar ligasidagi qiziqarli bahslar ham qo‘shimcha motivasiya hisoblanadi.

- Bungacha 4-5 yil davomida OKMKda faoliyat olib bordingiz. U yerdan qanday taassurotlar qoldi?

- Xudoga shukr, Olmaliqdagi 5 yillik faoliyatim davomida juda ko‘p zavqli, esda qolarli xotiralar va ajoyib emosiyalarga boy yillar bo‘ldi. Superligada debyut, OCHLda debyut va terma jamoaga chaqiruvlar – barchasi juda yoqimli. Shu davr mobaynida qo‘llab-quvvatlagan muxlislar, rahbariyat, murabbiylar va jamoadoshlarimga katta rahmat. Kelgusida ularga ulkan zafarlar tilab qolaman.

- Yangi jamoangiz bilan nimaga erishishni ko‘zlayapsiz?

- “Andijon” jamoasi bilan yuqori maqsadlarni ko‘zlaganmiz. Bu maqsad yo‘lida barchamiz birgalikda bir tanu, bir jon bo‘lib harakat qilamiz. “Andijon” jamoasi g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shib, asta-sekin yana terma jamoaga qaytishni niyat qilyapman. Xudo xohlasa, maqsadimizga erishamiz.

- “Andijon”ning ushbu mavsumdagi ishtirokini qanchalik kuzatdingiz va nimalar deya olasiz?

- “Andijon” bu yil nafaqat futboli, balki o‘z muxlislari bilan ham barchani lol qoldirdi. Jamoa o‘yinida barqarorlik ko‘zga tashlana boshladi. Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi. Shu tarzda davom etdi. Eng quvonarlisi, O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘ldi. Barcha andijonlik futbolsevarlarni ushbu yutuq bilan chin qalbimdan qutlayman. Nasib qilsa, keyingi mavsum Kubokni munosib himoya qilib, boshqa sovrinlarni ham yutib barchani xursand qilamiz.

- “Bobur arena”dagi fantastik muhitni bilasiz. Bunday qaynoq muhitda to‘p surish sizni yanada ruhlantirsa kerak-a?

- “Andijon” klubiga o‘tishimda bu ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yerdagi bahsga kelganimizda muhitni ko‘rib, odamni ko‘zi yayraydi. Fan-klubning o‘z yo‘nalishi borligi bu juda ham yaxshi va yoqimli. Bunday muhitda Turkiya chempionatlaridamanmi yoki O‘zbekistondami deb o‘ylanib ham qolasiz. Tabiiyki, bu sizni ruhiyatingizni ikki barobarga oshiradi va ushbu ishqibozlarni xursand qilish uchun jon-jahdingiz bilan harakat qilasiz" - dedi Valijon Raximov.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:58, 10.12.2024.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик