Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Roberto Karlos: "Ronaldo “Oltin to‘p”imni o‘g‘irlagan"

Roberto Karlos: "Ronaldo “Oltin to‘p”imni o‘g‘irlagan"

Baho:
+ | -1

Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubining sobiq himoyachisi Roberto Karlos 2002 yilgi “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagani haqida gapirdi. O‘sha yili mukofot Ronaldo qo‘lga kiritgandi.

“Men har doim Ronaldoga o‘sha yili “Oltin to‘p” meniki bo‘lgani, u esa mendan o‘g‘irlaganini aytaman. 2002 yilgi Jahon chempionati finaligacha favorit bo‘lganimni eshitdim, musobaqaning so‘nggi 90 daqiqasida mukofotni yo‘qotib qo‘ydim... Lekin himoyachi sifatida “Oltin to‘p” uchun bahsda ikkinchi o‘rinni egallash ajoyib natija. Faqatgina Frans Bekkenbauer, Mattias Sammer va Fabio Kannavaro himoyachi bo‘lib ushbu mukofotga ega chiqdi. Shuning uchun ikkinchi o‘rinni olganim bilan faxrlanaman”, - deydi Karlos.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2002 finalida Braziliya terma jamoasi Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ushbu uchrashuvda Ronaldo dubl qayd etgan.

Kiritildi: 12:01, 13.12.2024.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик