Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Shaxmat. Qatar Masters’da uchinchi o‘rinni olgan Nodirbek Abdusattorov qancha ishlab topdi?

Shaxmat. Qatar Masters’da uchinchi o‘rinni olgan Nodirbek Abdusattorov qancha ishlab topdi?

Baho:
+ | -

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqa o‘z yakuniga yetdi.

Mukofot jamg‘armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi A va B guruhida bahs olib bordi. Open turnirida 15 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi. Ular orasida eng yaxshi natijaga Nodirbek Abdusattorov (2777) erishdi.

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Abdusattorov so‘nggi turda hindistonlik grossmeyster Leon Luke Mendonsa (2642) ni mag‘lubiyatga uchratdi. To‘qqiz imkoniyatdan 7 ochko jamg‘argan Nodirbek qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra turnirda sovrinli uchinchi o‘rinni egalladi. Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisi (Hindiston, 2801) Nodirbek singari 7 ochko bilan 2-o‘ringa ega chiqdi.

O‘zbek shaxmatchilari orasida ikkinchi eng yaxshi natijani Abdumalik Abdusalimov (2536) qayd etdi. Yosh grossmeyster 6 ochko bilan 8-pog‘onadan joy oldi. Yettinchi o‘rinni egallagan hindistonlik Idani Puya (2603) ham Abdumalik singari 6 ochko to‘pladi. Olti ochkoga ega Nodirbek Yakubboyev (2668) qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 18-o‘rin bilan kifoyalandi.

Qatar Masters 2024 chempionligi rossiyalik Andrey Yesipenkoga nasib etdi. FIDE bayrog‘i ostida o‘ynagan Yesipenko 7,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Chempion 25 000, Ergaisi 15 000, Abdusattorov esa 10 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:23, 13.12.2024.
O'qildi: 1325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.