Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Anchelotti «Real» xo‘jayinlari bilan uchrashadi

Anchelotti «Real» xo‘jayinlari bilan uchrashadi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin orada klub rahbariyati bilan uchrashib, qishki transfer oynasi masalasini muhokama qiladi.

Suhbatning asosiy mavzusi himoya chizig‘ini mustahkamlash bo‘ladi. Ma’lumki, «Real» futbolchilari Eder Militao va Dani Karvaxal mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi, David Alaba esa jarohatidan hali to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q. Bu Anchelottini muqobil variantlarni izlashga va o‘yinchilarni odatdagidan boshqa pozisiyalarda ishlatishga majbur qildi.

Shu bois «Real» «Liverpul»dan Trent Alexandr-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ammo ingliz klubi qishki transfer oynasida o‘ng qanot himoyachisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Kiritildi: 19:35, 16.12.2024.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик