Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

O‘FA akademiyalar bilan shartnoma shartlariga rioya qilmagan 7 ta klubni rasman ogohlantirdi

O‘FA akademiyalar bilan shartnoma shartlariga rioya qilmagan 7 ta klubni rasman ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘z futbol maktabi yoki akademiyasiga ega bo‘lmagan futbol klublari lisenziyalash talablarini bajarish uchun O‘FA qoshidagi futbol maktabi yoki akademiyasi bilan shu yilning yanvar oyida hamkorlik shartnomasi imzolagan. Unga ko‘ra, maktab yoki akademiya tarbiyalanuvchilari lisenziyalash talabida ko‘rsatilgan yosh toifalari o‘rtasidagi musobaqalarda futbol klubi sharafini himoya qilishi, o‘z navbatida futbol klubi maktab yoki akademiya moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun ko‘maklashishi lozim edi.

O‘FA bilan kelishuv asosida "Buxoro", "Qizilqum" va "Neftchi" klublari viloyat futbol maktablari bilan "So‘g‘diyona", "Dinamo", "Navbahor", "Aral" esa viloyat akademiyalari bilan shartnoma imzolagan. O‘tgan davr mobaynida mazkur klublar U19 va undan kichik yosh toifasidagi musobaqalarda mazkur maktab va akademiyalar tarbiyalanuvchilari bilan ishtirok etdi. Ammo klublar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish masalasini hozirga qadar ortga surib keldi. Ulardan ayrimlari shartnoma shartlarini qisman bajargan.

Shundan kelib chiqib, O‘FA 14 dekabr kuni mazkur 7 klubga ogohlantirish xati yubordi. Unga ko‘ra, klublar o‘z zimmasidagi majburiyatni 10 kun ichida hal qilmasa, ularga qishki transfer taqiqi qo‘yish masalasi tegishli qo‘mitaga kiritiladi. Ya’ni, barcha masala 24 dekabr kunigacha hal qilinishi lozim, deyiladi federasiya xabarida.

Manba: UFA
Kiritildi: 17:39, 20.12.2024.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.