Dortmundning “Borussiya” klubi darvozaboni Gregor Kobelga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda.
Premyer-liga gigantining shveysariyalikni sotib olish rejalari shu oy boshida ma’lum bo‘lgandi.
"Asalarilar" rahbariyati asosiy o‘yinchilardan biri bilan xayrlashishni istamayapti, shu bois u uchun 70 million yevro so‘ramoqda, deb xabar beradi Bild. Narx yorlig‘i "Chelsi"ga mos keladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.