Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Dzyudochilarga yangi qoidalar bo‘yicha seminar tashkil etildi

Dzyudochilarga yangi qoidalar bo‘yicha seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, yaqinda Turkiyaning Istanbul shahrida hakamlar uchun xalqaro texnik seminar o‘tkazilgandi.

Xalqaro dzyudo federasiyasi tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik seminarda qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlar referilarga yetkazilgan edi.

Unda Olimpiya toifasidagi referilarimiz Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov, murabbiylar Tohir Fayziyev, Iskandar Rasulov, Aziz Toshmatov va Rahim Subhonov ham ishtirok etgandi.

Ostonada turgan 2025 yilgi mavsumdan e’tiboran o‘tkaziladigan kattalar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda ushbu yangi qoidalar kuchga kiradi.

Shu maqsadda Istanbuldagi xalqaro seminarda qatnashib qaytgan referi hamda murabbiylarimiz terma jamoamiz dzyudochilari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulot tashkil etishdi. Seminarda yangi qoidalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Kiritildi: 18:22, 26.12.2024.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.