Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shaxmat, rapid bo‘yicha JCH. Sindarov va Abdusattorov dastlabki kundan so‘ng yetakchilar safida bormoqda

Shaxmat, rapid bo‘yicha JCH. Sindarov va Abdusattorov dastlabki kundan so‘ng yetakchilar safida bormoqda

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishida Jahon chempionati boshlandi. Bugun sportchilar dastlabki 5 ta tur bahslarini o‘tkazishdi.

Musobaqada O‘zbekistondan 6 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Dastlabki 5 ta o‘yindan keyin Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 4 tadan ochko jamg‘arib, yetakchilar safida borishmoqda. Abdusattorov 4 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Javohir 3 g‘alaba va 2 durangga erishdi.

Shamsiddin Vohidov esa birinchi kunda 3 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Jahongir Vohidov va Muhiddin Madaminov mos ravishda 2,5 hamda 2,0 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Ayollar musobaqasida ishtirok etayotgan Afruza Hamdamova ajoyib natija qayd etmoqda. Hamyurtimiz 4 ta o‘yinning ikkitasia g‘alaba qozonib, ikkitasida durang o‘ynadi. Afruza barcha o‘yinlarda reytingda o‘zidan ancha yuqorida bo‘lgan shaxmatchilarga qarshi dona surmoqda.

Musobaqada favoriti hisoblangan Magnus Karlsen, kutilmaganda, besh o‘yindan so‘ng bor-yo‘g‘i 2,5 ochko to‘pladi.

Bugun tunda rapid bo‘yicha yana 4 ta tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Rapid jami 13 ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:41, 27.12.2024.
O'qildi: 1236 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик