Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

«Olimpik» 5 yanvargacha Superligadagi ishtiroki masalasida bir to‘xtamga kelishi kerak

«Olimpik» 5 yanvargacha Superligadagi ishtiroki masalasida bir to‘xtamga kelishi kerak

Baho:
+ | -

Avvalroq "Metallurg" klubi 2025 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazmasligi aniq bo‘lgani va uning o‘rni qanday ketma-ketlikda to‘ldirilishi ma’lum qilingandi.

Superliga o‘tish o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgan «Olimpik» futbol klubi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.3-bandidan kelib chiqib, «Metallurg» o‘rnini egallash uchun birinchi raqamli nomzod hisoblanadi. Biroq klub reglamentning 11.1-bandiga ko‘ra yangi mavsum uchun yillik xarajatlar smetasi loyihasini shu klubni moliyalashtiruvchi tashkilot hamda O‘FA bilan kelishgan holda tasdiqlashga ulgurmagan.

Shundan kelib chiqib, Liga «Olimpik» futbol klubiga o‘zining kelgusi rejalariga oydinlik kiritish uchun 2025 yilning 5 yanvar sanasiga qadar vaqt taqdim etib, rasmiy xat yo‘lladi. Uning nusxalari Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Assosiasiyaga yuborildi. Agar «Olimpik» 2024 yilda bo‘lgani kabi Superligada ishtirok etishga qaror qilsa va lisenziyalash talablari asosida faoliyat olib borishga kafolat bersa, elitaning so‘nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritilgan hisoblanadi. «Olimpik» klubi kelgusi mavsumni Proligada o‘tkazishni afzal bilsa, Liga musobaqa reglamentidan kelib chiqib, «Xorazm» futbol klubi rejalarini o‘rganishni boshlaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:59, 27.12.2024.
O'qildi: 1916 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.