Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Olmo va Viktor "Barselona" qaydnomasidan chiqarib tashlandi

Olmo va Viktor "Barselona" qaydnomasidan chiqarib tashlandi

Baho:
+-1 | -

"Barselona" Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi.

Avvalroq sud ikki marta "Barselona" futbolchilarini mavsumning ikkinchi yarmi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgandi. "Kamp Nou"dagi VIP o‘rindiqlarni sotish bo‘yicha kelishuv tasdiqlansa, ular ro‘yxatdan o‘tishlari kutilgandi.

Biroq, La Liga kataloniyaliklar birorta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani haqida bayonot berdi.

"La Liga ma’lum qiladiki, 31 dekabr holatiga ko‘ra, "Barselona" liganing iqtisodiy nazorati qoidalariga muvofiq, 2025 yil 2 yanvardan boshlab istalgan o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beruvchi hech qanday muqobil variantni taqdim etmagan", — deyiladi liganing bayonotida.

Bugun, 1 yanvar kuni La Liga Olmo va Viktorni mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tgan "blaugrana" futbolchilari ro‘yxatidan olib tashladi. Shu bilan birga himoyachi Andreas Kristensen ro‘yxatga qo‘shildi, uning jarohati tufayli "Barsa" Olmoni mavsumning birinchi qismida ro‘yxatdan o‘tkaza olgandi.

Kecha "Barselona" Olmo va Pau Viktorni Ispaniya futbol federasiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Ushbu murojaatning natijasi hozircha noma’lum.

Olmo ro‘yxatdan o‘tmagani uchun endi u erkin agent sifatida jamoani tark etish huquqiga ega. Shu bilan birga, yarim himoyachining agenti ispaniyalik futbolchi klubda qolishga qaror qilganini aytdi.

Kiritildi: 13:43, 01.01.2025.
O'qildi: 3444 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик