Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

FarDU yangi mavsumni Pro ligada o‘tkazadi

FarDU yangi mavsumni Pro ligada o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Birinchi liga musobaqasidagi debyut mavsumida munosib ishtirok etgan Farg‘ona davlat universitetining futbol jamoasi 2025 yilgi mavsumni Pro ligada o‘tkazadi.

FarDU birinchilikning Sharqiy mintaqasini 2-o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgandi. Toshkent mezbonlik qilgan pley-off o‘yinlarida universitet jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Liga mutaxassislari Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib, uning futbol jamoasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda FarDUning Pro ligada ishtirok etishi uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi yuzasidan universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dekabr oyi davomida universitet Liga tomonidan ilgari surilgan talablarni bosqichma-bosqich hal qildi.

Xususan, klub 2025 yilgi mavsumni "Istiqlol" stadionida o‘tkazish bo‘yicha uch tomonlama shartnomani Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Keyinchalik Pro liga klublarining futbolchilar bilan mehnat shartnomasi imzolashi borasidagi O‘FA tomonidan belgilangan talablarni bajarish yuzasidan kafolat taqdim etildi. Shuningdek, universitet talabalaridan tuziladigan U19 jamoasi O‘zbekiston U19 chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Liga oliy ta’lim muassasalarining professional futbolga bo‘lgan intilish va e’tibori ortib borayotganini qadrlaydi va FarDU jamoasi 2025 yilgi mavsumni shartli ravishda Pro ligada o‘tkazishini ma’lum qiladi. Qo‘shimchasiga, mazkur jamoaning keyingi yillar davomida lisenziyalash talablari asosida faoliyat olib borishiga ko‘maklashadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:06, 04.01.2025.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.