Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Brayton"ga qarshi uchrashuvda (1:1) hakamning penalti belgilaganidan hayratda qolganini tan oldi.
"Chaykalar" APLning 20-turida Joau Pedruning 61-daqiqada penaltidan urgan aniq zarbasi evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
"Faoliyatim davomida hech qachon bunday qarorga duch kelmaganman. Haqiqatdan ham bizning hafsalamiz pir bo‘ldi", dedi Arteta o‘yindan keyin BBC'ga.