Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

David Vilya: «Men «Oltin to‘p»dan «Oltin butsa»ni ustunroq qo‘yaman»

David Vilya: «Men «Oltin to‘p»dan «Oltin butsa»ni ustunroq qo‘yaman»

Baho:
+ | -

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Vilya “Oltin to‘p” sovrini xususida fikrlarini bildirdi.

Jumladan, Vilya 2024–yili “Oltin to‘p”ga Rodri loyiqligi xususidagi savolga javob berdi.

“Albatta, nima uchun sovrin unga topshirilmasligi kerak? Ammo ikkiyuzlamachilik qilmoqchi emasman – men hech qachon bu sovringa unchalik ishonmaganman. Nazarimda, sub’ektiv qaror qabul qilinadi va kim uchun ovoz berishlarini tushuna olmayman”, deydi futbolchi.

Vilya agarda unga “Oltin to‘p”ni topshirishganida faoliyatidagi eng yaxshi lahza bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“Men futbolni jamoaviy sport turi deb bilaman – albatta, statistika bor, lekin, men ‘Oltin butsa’ni ustunroq qo‘yaman. Sababi bu yerda hech qanday xato bo‘lmaydi – kim ko‘proq gol ursa, sovrin o‘shaniki”, deya qo‘shimcha qiladi ispaniyalik futbolchi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:45, 09.01.2025.
O'qildi: 3445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик