Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kvarasxeliya "Napoli"dan o‘zini transfer qilinishini so‘ramagan ekan

Kvarasxeliya "Napoli"dan o‘zini transfer qilinishini so‘ramagan ekan

Baho:
+ | -

"Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliya jamoadan sotilishini so‘ramagan, faqat maoshi oshirilishini xohlagan, deb xabar beradi «Geo Team».

Manbaga ko‘ra, Xvicha italyan klubidan uni sotishni talab qilmagan, faqat shartnoma shartlarini uning darajasiga mos kelishi uchun yaxshilashni so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kvarasxeliya yiliga 1,2 million yevro maosh oladi, bu "Napoli"dagi eng past maoshlardan biri.

Kecha, 11 yanvar kuni jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini boshqa klubga sotishni so‘raganini ma’lum qildi.

Oldinroq Kvarasxeliya "PSJ" bilan yiliga 9+2 million yevro maosh bilan shartnomani kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi.

Joriy mavsumda Xvicha 19 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:37, 12.01.2025.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик