Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Kuchlilar safida uzluksiz 27 mavsum yoxud “Metallurg”ning elitadagi ishtiroklari tarixi

Kuchlilar safida uzluksiz 27 mavsum yoxud “Metallurg”ning elitadagi ishtiroklari tarixi

Baho:
+ | -

1997 yilgi mamlakat birinchiligida ikkinchi o‘rinni egallagan Bekobodning “Metallurg” futbol klubi Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va 27 mavsum davomida Elita safida uzluksiz ishtirok etdi. Shu yillar davomida Toshkent viloyatining eng shimolida joylashgan sanoatchilar shahri – Bekobod futbol ishqibozlariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Bugungi qisqa hisobotimizda biz “Metallurg”ning Elitada bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlaymiz.

“Metallurg” 27 yil mobaynida kuchlilar safida 774 uchrashuv o‘tkazdi. Shulardan 252 tasida g‘alaba qozondi. 169 ta uchrashuvda raqiblar bilan ochkolarni baham ko‘rdi. 353 ta uchrashuvda esa imkoniyatni boy berdi. Raqiblar darvozasiga 920 ta to‘p kiritgan “Metallurg” o‘z darvozasidan 1152 ta gol o‘tkazib yubordi.

Jamoaning kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 6:0 bo‘lib, bekobodliklar uch marta shunday hisobda raqiblarini dog‘da qoldirgan: 2001 yilda “Semurg‘” (Angren), 2006 yilda “Xorazm” va 2016 yilda “Mash’al” darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritgan. “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati 0:7 bo‘lib, 2003 yili “Navbahor”ga, 2004 yilda “Nasaf”ga yutqazgan.

“Metallurg”ni 27 yillik Elita futbolidagi ishtirokida 15 nafar bosh murabbiy boshqargan. Shuningdek, 4 nafar bosh murabbiy vazifasini boshqaruvchi mutaxassislar xizmatiga tayanilgan. Jamoa rulida eng ko‘p ishlagan murabbiy Rustam Mirsodiqov sanaladi. Rustam To‘xtamurodovich bekobodliklar rulida 11 yil bosh murabbiy sifatida mehnat qilgan. Ushbu maestrodan estafetani qabul qilib olgan Andrey Shipilov eng mo‘’tadil va ijobiy natijani ko‘rsatgan mutaxassis sifatida tarix sahifalariga o‘z ismi sharifini muhrlagan.

Quyida “Metallurg”ning 1998 – 2024 yillar mobaynida Oliy liga hamda Superligada qayd etgan natijalari bilan tanishing, tahlil qiling va xulosa chiqaring...

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:22, 13.01.2025.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.