Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

"MYU"ning sobiq posboni: "Levandovski dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

"MYU"ning sobiq posboni: "Levandovski dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" va Polsha terma jamoasining sobiq darvozaboni Tomash Kushchak o‘z hamyurti, "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini aytdi.

"6-7 yil davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan, keyin jarohat olgan yoki boshqa klubga o‘tishda muammolarga duch kelgan ko‘plab o‘yinchilarni ko‘ring, ular atrofida xuddi shu shon-sharafni saqlab qolish uchun kuchsizroq ligaga o‘tishadi. Agar Levandovskining butun faoliyatini oladigan bo‘lsak, menimcha, u hamon tarixdagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi.

Shubhasiz, ko‘pchilik mening fikrimga rozi bo‘lmaydi, chunki boshqa fantastik futbolchilar ham bor. Lekin men buni polshalik va mening do‘stim bo‘lgani uchun aytyapman. Bu mentalitet masalasi. Levandovskining faoliyati, urgan gollari va yutuqlariga qarang. Yaqinda u Germaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu alohida yutuq.

Do‘stlarim bilan Robertni muhokama qilsak, futbolning go‘zalligi haqida emas, statistika haqida gaplashamiz. Robert - ijrochi, u jarima maydonchasi o‘yinchisi. U qayerda o‘ynamasin, u doim bir xil. Biz kuchli chempionatlar haqida gapiryapmiz" - dedi Kushchak Goal nashriga.

36 yoshli Levandovski FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan The Best mukofotining ikki karra sohibi (2020, 2021). Joriy mavsumda polshalik hujumchi "Barselona" safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda 26 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:03, 14.01.2025.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.