Kirish Ro'yxatdan o'tish

Belarus terma jamoasi hujumchisi "Portu"ga o‘tdi

Belarus terma jamoasi hujumchisi "Portu"ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Belarus terma jamoasi hujumchisi Trofim Melnichenko faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi. 18 yoshli forvard Minskning "Dinamo" klubidan "Portu"ga o‘tdi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Yangi jamoada Melnichenko 43-raqam ostida o‘ynaydi. Qayd etilishicha, futbolchi "Portu B" klubida ro‘yxatdan o‘tgan.

"Men o‘z oldimga erishib bo‘lmaydigandek tuyulishi mumkin bo‘lgan yuksak maqsadlarni qo‘ydim, lekin ba’zida ular haqiqatga aylanadi. "Portu" bilan chempionlikni qo‘lga kiritmoqchiman", - deydi Melnichenko.

Joriy mavsumda hujumchi 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Belarus terma jamoasida bitta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 21:49, 15.01.2025.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик