Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Futbolchining narxi bir yilda 400 baravarga oshdi — ishonish qiyin». Rossiyalik jurnalist Abduqodir Husanovning transferi borasida fikr bildirdi

«Futbolchining narxi bir yilda 400 baravarga oshdi — ishonish qiyin». Rossiyalik jurnalist Abduqodir Husanovning transferi borasida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning mashhur sport portali “Manchester Siti” klubiga o‘tishi aniq bo‘lgan Abduqodir Husanovning narxi bir yil ichida keskin oshganiga e’tibor qaratdi.

“Soveskiy sport” yangiliklar portali O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z taassurotlarini bo‘lishdi.

“Atigi bir yarim yil ichida Abduqodir Husanovning narxi 100 ming yevrodan 40 million yevroga ko‘tarildi.

Bir yil ichida narx 400 barobarga oshishi — shunday bo‘lishi mumkinmi? Aftidan, shunday. Abduqodir Husanov – oddiygina talaffuz qilish qiyin ismga ega o‘zbekistonlik futbolchi emas, balki yanvar oyining boshidagi asosiy yangiliklarning qahramonlaridan biri. 2023 yil iyul oyida “Lans” himoyachini Belarusning “Energetik-BGU” klubidan zamonaviy futbol mezonlari bo‘yicha kulgili narx – 100 ming yevroga sotib olgan edi.

Husanovning Fransiya chempionatidagi birinchi mavsumi, ya’ni yangi darajaga moslashish davri unchalik ajoyib bo‘lmadi, lekin yomon ham emas. Ammo o‘shandan beri himoyachi o‘z o‘yinida ulkan progressni namoyish etdi.

Joriy mavsumda Husanov o‘tgan mavsumga qaraganda ko‘proq vaqt maydonda bo‘ldi. Bundan tashqari, uning o‘yin sifati va qaror qabul qilish darajasi sezilarli darajada oshdi. Shu sababli eng kuchli klublar futbolchiga qiziqish bildirishga shoshildi.

Ayni paytda himoyachi Liga 1 da to‘pni olib qo‘yishlar soni bo‘yicha eng yaxshi beshlikdan joy olgan – 26 marta. Bu uning o‘yinni tushunish darajasi yuqori ekanidan dalolat beradi. Shuningdek, u 56 bor hujumlarni “tozalash”da ishtirok etgan. Ko‘pchilik Husanovning ishonchliligini alohida ta’kidlamoqda – joriy mavsumda “Lans” uning xatosidan keyin gol o‘tkazib yubormagan.

Oktyabr oyida u Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi – bu futbolchining yana bir yutug‘i” – deyiladi maqolada.

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Transfer summasi — 40 million yevro.

Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023 yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:13, 16.01.2025.
O'qildi: 4074 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.