Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“Roma” - “Jenoa” uchrashuvida Eldor Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

“Roma” - “Jenoa” uchrashuvida Eldor Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+-2 | -

Italiya A Seriyasining 21-turida “Roma” va “Jenoa” 17 yanvar, juma kuni bahs olib bordi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Dovbik hisobni ochdi. 33-daqiqada mehmonlar vakili Masini hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida El Shaaravi mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 73-daqiqada Leali o‘z darvozasiga gol urib, mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Roma” bisotidagi ochkolar sonini 27 taga yetkazib, 9-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 85-daqiqasida Dovbik o‘rniga maydonga tushdi. 9 daqiqa harakat qilgan futbolchi bir bora darvoza tomon zarba berdi. Sofascore nashri O‘zbekiston terma jamoasi sardorining o‘yinini 6,8 ballga loyiq ko‘rdi.

Mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qilgan El Shaaravi portal tomonidan eng yuqori 7,9 ballga loyiq ko‘rilgan. “Jenoa” hujumchisi 7,3 ball bilan jamoasidagi eng yuqori ball olgan.

Ma’lumot uchun, “Roma” jamoasi Italiya chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvini “Udineze”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Italiya A seriyasi, 21-tur bahsi
17 yanvar, juma
“Roma” — “Jenoa” 3:1
Gollar: 1:0—Dovbik (25), 1:1—Mazini (33), 2:1—El-SHaaravi (60), 3:1—Leali (73, avtogol).
“Roma”: Svilar, Ndika, Hummels (Pizilli, 76), Manchini, Anxelino, Pellegrini (El Shaaravi, 46), Paredes, Kone, Salemakers (Chelik, 76), Dovbik (Shomurodov, 85), Dibala (Sule, 84).
“Jenoa”: Leali, Aaron Martin, Vaskes, Bani (Sabelli, 32), de Vinter, Mazini, Frendrup, Miretti (Kasa, 85), Torsbyu (Exator, 68), Zanoli (Venturino, 68), Pinamonti.
Ogohlantirishlar: Vaskes (18), Paredes (56).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:54, 18.01.2025.
O'qildi: 3345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик