Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Lester"ning ishi Rud van Nistelroy kelganidan keyin ham yaxshilanmadi

"Lester"ning ishi Rud van Nistelroy kelganidan keyin ham yaxshilanmadi

Baho:
+ | -

"Lester"ning mag‘lubiyatli seriyasi APLning 22-turidan keyin ham davom etdi.

Rud van Nistelroy shogirdlari "Fulxem"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Klub chempionatda qatorasiga 7-marta mag‘lub bo‘ldi, bu uchrashuvlardagi umumiy hisob 2:18.

"Tulkilar" niderlandiyalik murabbiy qo‘l ostida yagona g‘alabasini Premyer-ligadagi birinchi o‘yinida "Vest Xem" ustidan qozongandi (3:1). Keyingi turda "Brayton" bilan durang o‘ynadi (2:2), keyin esa faqat mag‘lub bo‘ldi. "Lester" ayni damda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Qayd etish kerakki, u Angliya kubogida ham bitta g‘alabaga erishgan – "Kuinz Park Reynjers" ustidan qozonilgan g‘alaba (6:2).

"Lester"ga tayinlanishidan oldin, van Nistelroy Erik ten Xag iste’foga chiqarilganidan keyin "Manchester Yunayted"da vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lib ishlagan va klubni mag‘lubiyatsiz boshqargan, uchta g‘alaba va bir durang.

Kiritildi: 03:56, 19.01.2025.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик