Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Tata Steel Chess-2025. Abdusattorovda g‘alaba, Yakubboyev murosaga keldi

Tata Steel Chess-2025. Abdusattorovda g‘alaba, Yakubboyev murosaga keldi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "Chellenjer" guruhida esa Nodirbek Yakubboyev sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib boryapti. Har ikki hamyurtimiz birinchi turni hindistonlik raqiblariga qarshi o‘tkazishgandi. Abdusattorov azaliy raqiblaridan biri — Rameshbabu Pragnanandxa bilan durangga rozi bo‘lgan, Yakubboyev esa Divya Deshmux ustidan g‘alabaga erishgandi.

Ikkinchi turda birinchi turning aksi bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov bu safar yana bir hind grossmeysteri Leon Luke Mendonsani taslim eta oldi. "Chellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev esa qozog‘istonlik Kazibek Nogerbek bilan durangga rozi bo‘ldi.

"Masters" guruhida 2-turdan keyin ochko yo‘qotmagan ishtirokchi qolmadi. Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Gukesh Dommaradju qora donalarda Vladimir Fedoseev bilan murosaga keldi. Uchinchi tur oldidan amerikalik Fabiano Karuana 1,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlik qilyapti. Kuchli uchlikka Gukesh va Nodirbek yakun yasashgan. Rameshbaba Pragnanadha va Vinsent Keymer hisobida ham 1,5 ochkodan bor.

Kiritildi: 10:27, 20.01.2025.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик