Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok eta oladimi?

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok eta oladimi?

Baho:
+3 | -

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Manchester Siti” klubiga o‘tayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning joriy mavsumdagi Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etishi bo‘yicha savolga javob berdi.

“Abduqodir «Manchester Siti”ning UEFA Chempionlar Ligasida umumiy guruh bosqichida qolgan ikkita bahsida o‘ynay olmaydi, chunki guruh bosqichi uchun arizalar 3 sentyabr kuni yopilgan.

Ammo Husanovda pley-offda ishtirok etish imkoniyati bor. Har bir klub guruh bosqichi yakunlangach, 6 fevralgacha ko‘pi bilan 3 nafar yangi o‘yinchini qaydnomaga kirita oladi.

Shuni qo‘shimcha qilamanki, yangi o‘yinchilar UEFA Chempionlar Ligasida (yoki umuman yevrokuboklarda) boshqa klublarda o‘ynagan-o‘ynamaganidan qat’i nazar tarkibga kiritilishi mumkin”, — deb yozadi Alisher Nikimbayev o‘z telegram kanalida.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 4,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Futbolchi o‘zi uchun 45-raqamni tanlagan. Ushbu transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:49, 20.01.2025.
O'qildi: 10544 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик