Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Xorazm" 15 yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytdi

"Xorazm" 15 yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytdi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Klub bosh homiysi 2025 yilgi xarajatlar smetasini tasdiqladi va smeta O‘FA ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, "Xorazm" viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov klubni Superligada qo‘llab-quvvatlash yuzasidan rasmiy kafolat berdi.

"Xorazm" so‘nggi bor 2010 yilgi mavsumni elitada o‘tkazgan bo‘lib, shundan buyon nufuzi jihatdan ikkinchi raqamli ligada ishtirok etib kelayotgandi. Klub o‘tgan mavsumni Proligada 6-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa-da, OFK lisenziyasiga ega chiqqan. Mazkur harakat unga Superliga eshiklarini ochdi.

Avvalroq "Metallurg" va "Olimpik" Superliganing 16-jamoasi bo‘lish imkoniyatidan voz kechgandi. "Xorazm" esa Liga tomonidan belgilangan dedlayn davomida talabni bajarishga erishdi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, Xorazmdagi stadion Superliga talablariga javob bermasligidan kelib chiqib, klub elitadagi raqiblarini neytral maydonda qabul qiladi. Ayni vaqtda Xorazmdagi stadion chimi qanday turda bo‘lishi masalasi O‘FA bilan muhokama qilinmoqda. Bu masalada qanday kelishuvga erishilgani va "Xorazm" unga qadar qaysi stadiondan foydalanishi masalasida keyinroq xabar beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:39, 21.01.2025.
O'qildi: 1604 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.