“Liverpul” markaziy himoyachisi Virjil van Deyk jamoasiga Chempionlar Ligasidagi navbatdagi g‘alabaga yordam berdi.
Seshanba kuni Arne Slot shogirdlari o‘z maydonida Fransiyaning “Lill” klubini mag‘lub etishdi (2:1).
Van Deyk uchun bu o‘yin "qizillar" tarkibida yevrokuboklardagi 50-o‘yin bo‘ldi. Squawka xabariga ko‘ra, mersisaydliklarning amaldagi sardori Yevropa kubogi yoki Chempionlar ligasining dastlabki 50 o‘yinidagi g‘alabalar soni bo‘yicha Fil Nilning klub rekordini takrorladi - 35 ta.