Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

MMA. Sarukyan kim bilan jang qilishni xohlashini aytdi

MMA. Sarukyan kim bilan jang qilishni xohlashini aytdi

Baho:
+ | -
Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi yakshanba tongida Los-Anjelesda o‘tgan UFC 311 turnirida chempionlik kamarini qo‘lga kiritish imkoniyatidan foydalana olmagandi.

Sarukyan belidagi jarohat sabab chempion Islam Maxachevga qarshi kechishi kerak bo‘lgan jangga bir kun qolganda safdan chiqqandi.

Maxachev UFC 311 turnirida Armanning o‘rniga berilgan braziliyalik Renato Moykanini birinchi raundning o‘zida bo‘g‘ib qo‘ygan edi.

Imkoniyatdan foydalana olmagan Sarukyan endi saralash janglari orqali yana chempionlik jangi huquqini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Bu borada u jang qilishni istagan ikki raqib nomini aytdi. 

"Men diviziondagi istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Chunki ularning hammasini mag‘lub eta olishimni bilaman va bunga ishonaman. Agar ular avval Maykl Chendlerni, keyin Charlz Oliveyrani mag‘lub etishimni istashsa, bunga bajonidil roziman.

Baribir Islam yaqin orada qaytmaydi. U kamida olti oydan keyin kamarini himoya qilish uchun jang o‘tkazadi. Bu holatda men Oliveyraga qarshi besh raundlik jang o‘tkazishni xohlardim. Maykl Chendler ham chakki emas. Uning ham nomi bor va bu ko‘p pul ishlab olishim uchun hizmat qiladi", - dedi Sarukyan. 

Kiritildi: 11:59, 22.01.2025.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.