Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Bavariya" himoyachisiga tashxis qo‘yildi

"Bavariya" himoyachisiga tashxis qo‘yildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis Chempionlar ligasi doirasida "Feyenoord"ga qarshi o‘yinda birinchi bo‘lim oxirida almashtirilishga majbur bo‘ldi.

24 yoshli kanadalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Myunxen klubi natijalar haqida xabar berdi. Devisga chap son suyagining zo‘riqishi tashxisi qo‘yilgan. "Bavariya" matbuot xizmati futbolchining tiklanish muddatiga aniqlik kiritmayapti.

Alfonso Devis 2024/2025 yilgi mavsumda "Bavariya" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi bitta gol va uchta golli uzatmani qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni "Bavariya" safarda "Feyenoord"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 21:05, 23.01.2025.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик