Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Har safar bu fikrimdan qaytarishgan». Katanes – sog‘ligi, faoliyati va O‘zbekiston MTJdan ketishi haqida

«Har safar bu fikrimdan qaytarishgan». Katanes – sog‘ligi, faoliyati va O‘zbekiston MTJdan ketishi haqida

Baho:
+ | -

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes kecha, 22 yanvar knui O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. Murabbiy Sloveniyaning Sportklub saytiga sog‘ligi, faoliyati va O‘zbekiston MTJdan ketishi haqida fikrlarini bildirdi.

Saytning yozishicha, Katanes bilan birga uning yordamchilari Aleks Chex, Nixad Peykovich va Vlado Radmanovich ham jamoadan ketadi. Katanes o‘z intervyusida ikki oycha avval o‘zini juda yaxshi his qilayotgani, hozir ham yomon emas, barchasi joyidaligini ta’kidlagan.

“Ammo, baribir o‘zim istaganimdek emas. Shu bilan birga to‘shakka mixlanib qolganim yo‘q, hali ham sayrga, yurishga chiqaman. Yaratgan egam menga yordam bermoqda. So‘nggi vaqtlarda men Sloveniya va Xorvatiya orasida ko‘p qatnaydigan bo‘ldim”, – deydi Srechko.

Mutaxassis murabbiylik faoliyatiga to‘xtalib, iste’foga chiqish qarorini faqat o‘zi qabul qilganinni aytib o‘tdi.

"Hayotim davomida faqat boshqalar uchun harakat qilib, o‘zimni fido qilgandekman. Necha marta shartnomani bekor qilishni so‘raganimni bilasizmi? Ammo har safar bu fikrimdan qaytarishgan. Ammo bu – meni ishlashga undaganlarning aybi emas, faqatgina o‘zimning bosh murabbiy sifatidagi mas’uliyatim edi”, – deydi Katanes.

Srechko “futboldagi faoliyatingizga nuqta qo‘ydingizmi?” deb berilgan savolga hatto ertaga nima bo‘lishini bilmasligini aytib, faoliyatini yakunlaganiga sha’ma qilgan.

Ma’lumot uchun, 61 yoshli Srechko Katanes 2021 yil kuzidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Katanes qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash bosqichida 6 turdan keyin 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhda 1 va 2-o‘rinlarni olgan jamoalar mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:59, 23.01.2025.
O'qildi: 3216 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик