Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Devisning mart oyigacha tiklanishi ham dargumon

Devisning mart oyigacha tiklanishi ham dargumon

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Alfonso Devis 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi doirasida "Feyenoord"ga (0:3) qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli 4-6 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda «Sport Bild» xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchining jarohati avval taxmin qilinganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Himoyachining chap son payida mushaklari yirtilgani aniqlangan. Avvalroq Devisning muskuli cho‘zilib ketgani va taxminan ikki hafta maydonga tushmasligi xabar qilingandi. Himoyachining mart oyida boshlanadigan Chempionlar ligasi 1/8 final o‘yinlarida ishtirok etishi ham so‘roq ostida.

Alfonso Devis joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 17:56, 25.01.2025.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик