Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Holand Husanovning debyuti haqida nimalar dedi?

Holand Husanovning debyuti haqida nimalar dedi?

Baho:
+2 | -

Angliya chempionatining 23-tur, markaziy bahsi “Manchester Siti” — “Chelsi” (3:1) o‘yinidan keyin “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand Abduqodir Husanovning debyuti haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, Husanov – yaxshi markaziy himoyachi.

“Bu uning ilk uchrashuvi edi. Asabiylik, hayajon - bundan vaziyatlarda normal holat. Men o‘zimning ilk o‘yinimni eslayman. O‘shanda Angliya Superkubogi doirasida ”Liverpul“ga qarshi maydonga tushgandim. Unga yana ikkita o‘yin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini ko‘rsasiz”, - dedi “Manchester Siti” yetakchisi.

Avvalroq Pep Gvardioladan Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi va xatosi haqida gapirgandi.

“U ingliz tilida gapirmaydi, shuning uchun biz Abduqodir bilan hali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilolmayapmiz. Unda hammasi joyida bo‘ladi. U hali faqat bitta yoki ikkita mashg‘ulotda qatnashdi. Men Chempionlar Ligasidagi muhim o‘yinni inobatga olgan holda, Jon Stounzni jarohatidan keyin maydonga tushirishga shoshiltirishni istamagandim. U o‘yindagi holatdan xulosa qiladi”, degan edi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” o‘zbekistonlik himoyachining xatosidan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordi. Abduqodir Husanov dastlabki 5 daqiqada bosim sabab o‘yinga moslashib keta olmadi. Keyinchalik bexato harakat qildi.

Uchrashuvda Gvardiola shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Husanov 54 daqiqa maydonda harakat qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:15, 26.01.2025.
O'qildi: 13805 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик