"Barselona" yilni juda sermahsul boshladi.
Bugun Xansi Flik shogirdlari La Liganing 21-turida "Valensiya"ni mag‘lub etishdi (7:1).
2025 yil boshidan buyon kataloniyaliklar 7 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan 5 tasida "Barsa" 4 ta va undan ko‘p gol urgan.
Bungacha "Barsa" Ispaniya kubogida "Barbastro" bilan 4:0, "Betis" bilan 5:1, Ispaniya Superkubogida "Real" bilan 5:2, Chempionlar ligasida "Benfika" bilan 5:4 hisobida o‘ynagan.













