Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Tottenxem" yangi hujumchi olib kelmoqchi

"Tottenxem" yangi hujumchi olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" qishki transfer oynasining qolgan qismida markaziy himoyachi emas, balki hujumchini olib kelishga e’tibor qaratmoqda.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, yanvar oyi boshida "Tottenxem" markaziy himoyasini kuchaytirishga faol harakat qilgan va PSV a’zosi Olive Boskali va "Feyenoord" himoyachisi David Ganskoga e’tibor qaratgan.

Biroq, keyin "Tottenxem" darvozabon Antonin Kinskini sotib oldi va asosiy e’tiborni hujumchi topishga qaratib, ustuvorliklarini o‘zgartirdi.

"Tottenxem" Randal Kolo-Muanini olishni xohladi, ammo u "PSJ"dan "Yuventus"ga ijaraga o‘tdi. "Shporlar"ning "Ayaks" futbolchisi Brayan Brobbiga qiziqishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Manba "Tottenxem"ning radarida bo‘lgan bir hujumchi nomini aytdi. Bu futbolchi Evan Fergyuson bo‘lib, uni "Brayton" mavsumning ikkinchi yarmiga ijaraga berishga tayyor.

Kiritildi: 15:56, 28.01.2025.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик