Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! "An-Nasr" futbolchisi Mourinyo jamoasiga o‘tdi

Rasman! "An-Nasr" futbolchisi Mourinyo jamoasiga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Fenerbaxche" o‘z saytida hujumchi Anderson Taliskaning transferi yakunlanganini e’lon qildi. 30 yoshli braziliyalik futbolchi "kanareykalar" bilan bir yarim mavsumga - 2026 yilning o‘rtalariga qadar hisoblangan mehnat shartnomasini imzoladi. Taliska "An-Nasr"dan "Fenerbaxche"ga o‘tdi.

Hujumchi Saudiya klubida uch yarim yil o‘ynadi. Bu vaqt ichida Taliska 104 ta o‘yin o‘tkazdi, jumladan, Krishtianu Ronaldu bilan yonma-yon o‘ynadi. "An-Nasr" tarkibida braziliyalik futbolchi 76 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hisoblanadi. Jamoa ayni damda Turkiya Superligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:59, 28.01.2025.
O'qildi: 2490 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик