Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Yurgen Klopp: "Meni futbol shifokori deb chaqiring"

Yurgen Klopp: "Meni futbol shifokori deb chaqiring"

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 1 yanvardan «Red Bull» futbol bo‘limining rasmiy rahbari sifatida yangi lavozimga kirishdi.

Germaniyalik mutaxassis kompaniyaning Zalsburg (Avstriya)dagi bosh qarorgohida matbuot anjumani o‘tkazishga ham ulgurdi. U jurnalistlar bilan muloqotda «Liverpul» haqidagi savollarga ham javob berdi. Shuningdek, «Red Bull»ga murabbiylik qilmasligini ham alohida ta’kidladi.

Yangi ishi haqida

- Men doimo murabbiylikdan zavq olishimni aytganman. Ammo minglab o‘yinlar va matbuot anjumanlaridan so‘ng, yangi lavozimda o‘zimni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Endi mening ajoyib jamoam bor. Mario Gomes esa uning bir qismidir. Murabbiy sifatida faoliyat yuritganimda strategik rivojlanishga ham katta e’tibor qaratish orqali infratuzilma hamda futbol madaniyatiga qiziqib kelganman. Maqtanish emas, lekin men ishlagan har bir jamoa istalgan jabhada o‘sishga erishgan. Agar xohlasangiz, meni futbol shifokori deb chaqiring - kerak bo‘lganda yordam beraman albatta.

Germaniyada «RB» klublari tanqid qilinishi haqida:

- Men «RB Leypsig» - «Verder» o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga bordim va o‘yingohga 47000 muxlis tashrif buyurganini ko‘rdim, ularning 42000tasi «Leypsig»ga ishqibozlik qilishdi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ular yaxshi futbolga loyiq emasmi? Nafaqat bu yerda, balki Zalsburg, Nyu-York, Yaponiya va Braziliyada ham. To‘g‘risi, menga futbol odamlarga quvonch keltirishi yoqadi.

Murabbiylik haqida:

- Ishontirib aytamanki, «RB Leypsig» yoki boshqa «Red Bull» tizimidagi jamoalarga murabbiylik qilmayman. Qo‘limdan kelganicha buni kafolatlayman. Endi murabbiy bo‘lib ishlash niyatim yo‘q. Umid qilamanki, kompaniya shafeligida bu savol umuman tug‘ilmaydigan tizim quramiz.

«Liverpul»ning muvaffaqiyati haqida:

- «Liverpul» juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganidan xursandman. Men Arne Slot va ba’zi o‘yinchilar bilan hali ham gaplashib turaman va ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Shuningdek, hammaga «Liverpul»ning o‘yinini ko‘rishni maslahat beraman. Chunki, ular ajoyib futbol namoyish etishadi. Ehtimol, «mersisayd» klubi hozir dun­yodagi eng bar­qaror jamoadir.

Trent Aleksander-Arnold haqida:

- Afsuski, hali ham uning himoyadagi o‘yini haqida tanqidiy kayfiyatdagi odamlar topiladi. Yaxshisi, endi bu borada tashvishlanmaganim ma’qul. Men Arne Slotdan bir nechta matbuot anjumanlarida u haqda so‘ragan jurnalistlarni ko‘rdim. Munosabatim: Nega ular haligacha Trent eng yaxshilaridan biri ekanligini tushuna olishmayapti?! Ha, u «Manchester Yunayted»ga qarshi biroz ishonchsiz o‘ynadi, ammo kelinglar Trentning yaxshi o‘yinlaridan keyin ham xuddi shunday shov-shuv ko‘taraylik.

Muhammad Saloh haqida:

- Umid qilamanki, u jamoada qoladi. Saloh zamonamizning eng buyuk hujumchisi. Fantastik futbolchi. Aytish joiz bo‘lsa, Misrning zamonaviy millionlar o‘yinidagi eng yaxshi elchisi.

Klublar o‘rtasidagi yangi jahon chempionati haqida:

- «RB Zalsburg»ning jahon chempionatida ishtirok etishidan xabarim bor. Lekin mazkur musobaqa menga yoqmayapti. Sababi bu futbolchilarni yozgi ta’tilsiz qoldirish demakdir. Kim bu turnir g‘olibligini qo‘lga kiritsa, eng baxtsiz chempion bo‘ladi. Chunki, ular butun yoz bo‘yi rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishadi va keyin darhol yangi mavsum boshlanadi. Yevropa futbolida tig‘iz taqvim ortidan jarohatlar ko‘payib ketyapti. Qachondir o‘yinlar sonini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Yoki tarkibdagi futbolchilar ro‘yxatini ko‘paytirish hozirda bu masalaga - boshqa yechim ko‘rmayapman.

«Liverpul»ning chempionlik imkoniyatlari haqida:

- Agar «Liverpul» chempionlikni qo‘lga kiritsa, men darhol Angliyaga chipta buyurtma qilaman. Shuningdek, g‘alabani birgalikda nishonlash uchun hammani mehmon qilaman. Keling, o‘sha kuni maydonda parad o‘tkazaylik. Muxlislar qanday unvon qo‘lga kiritilganligini yaxshiroq his qilishsin. Lekin chempionlik haqida bong urishga biroz erta. Futbolda kelajakda nimalar ro‘y berishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Yaxshisi vaziyatni jimgina kuzatib turgan ma’­qul.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 28.01.2025.
O'qildi: 1527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.